YOSHLAR UCHUN ISH O‘RINLARI

Namangan viloyatida “Yoshlar bandligi – dolzarb masala” shiori ostida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda 645 ta korxona va tashkilot tomonidan 7 ming 831 bo‘sh hamda kvotalangan ish o‘rinlari taklif etildi.

Yarmarkada 4 ming 336 kishi, jumladan, 2 ming 818 nafar kasb-hunar kolleji bitiruvchisiga bandlik markazlari tomonidan ishga kirish uchun yo‘llanma berildi. Ish bilan ta’minlanganlar orasida 25 nafar jazo muddatini o‘tash muassasalarida va 170 nafarga yaqin xorijda bo‘lib qaytgan fuqarolar bor.

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi mutasaddilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga biznes loyihalari uchun imtiyozli kreditlar ajratish tartibi yuzasidan atroflicha tushuncha va tavsiyalar berildi.

Joriy yilda bunday imkoniyatdan foydalanib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan bitiruvchilar soni 2 ming 250 nafardan oshdi. Ularga tijorat banklari tomonidan 12 milliard so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘i ajratiladi. Ayni paytda 440 nafar bitiruvchi 5,6 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Mazkur tadbirning o‘zida 35 nafar bitiruvchining har biriga 5 million so‘mlik kredit sertifikati topshirildi.

Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan mehnat qonunchiligi, imtiyoz va kafolatlar, bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Mirolim ISAJONOV,

Namangan viloyati

Yana o‘qing:  Navqiron avlodning tashabbus va intilishlari ularni orzular sari yetaklaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: