PIYOZ – xastalikdan etar xalos

Piyozning shifobaxsh xususiyatlari bundan to‘rt ming yil muqaddam Sharq xalqlariga ma’lum edi. Qadimgi Yunoniston, Misr xalqlari bu shifobaxsh ne’matga chuqur ehtirom ko‘rsatib, ipga tizilgan piyoz shodalarini bo‘yinlariga osib yurganlar. Ma’lumotlarda keltirilishicha, o‘tmishda piyozga har qanday xavfli kasalliklardan muhofaza etuvchi “sehrgar” sifatida qaralgan.

Hakimlardan Gippokrat va Dioskorid piyozni juda qadrlashgan. Uni asalga aralashtirib, turli kasalliklarga qarshi dori tayyorlashgan. Mutaxassislar tarkibida juda ko‘p miqdorda foydali vitaminlar, fermentlar, yog‘lar, kalsiy va fosfor tuzlari, limon va olma kislotalari hamda azot mavjud bo‘lgan piyozni ichakning qattiq og‘rig‘i, kolit (yo‘g‘on ichak yallig‘lanishi), ateroskleroz (qon tomirlarda tiqilma paydo bo‘lib, uning torayishi hamda elastikligining yo‘qolishi), gipertoniya (xafaqon – qon bosimini oshishi), tumov, chipqon, ho‘ppoz, avitaminoz (vitamin yetishmasligi) singari dardlarni davolashda ishlatishgan.

Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” kitobida piyozning xususiyatlarini ta’riflab, shunday yozadi: “Suvi burunga yuborilsa, boshni toza qiladi. Bosh og‘irlashganida, quloq shang‘illashida, yiring va suv paydo bo‘lganida quloqqa tomiziladi. Yeyiladigan piyozning siqib olingan suvi ko‘zdagi kataraktada foyda qiladi, ko‘zni ravshanlashtiradi. Bavosirda tomirlarning tiqilmalarini ochadi. Piyoz suvi hayz qonini yurgizib, ichni yumshatadi”.

Piyoz preparatlari kuchli bakteriotsid xususiyatiga ega. Maydalangan piyozboshidan qiyin bitadigan va yiringli yaralarni davolashda foydalaniladi. Sariyog‘da qovurilgan piyoz yoki sutda pishirilgani yo‘talni yumshatadi, balg‘amni ko‘chiradi. Zamonaviy tabobatda piyozni istisqo (qorinda suv yig‘ilishi), jigar sirrozi, qon tomirlar aterosklerozi, jinsiy a’zolar yallig‘lanishlarini tuzatishda ishlatiladi. Soch to‘kilishida, boshga bit tushganda, qazg‘oqda har kuni bosh terisiga piyoz suvi va bo‘tqasi surtilsa foyda beradi. Piyoz tarkibida efir moylari, qand, karotin, vitamin S, fitonsid (xuddi antibiotikday ta’sir etuvchi uchuvchi modda)lar mavjud.

Piyozli muolajalar

Yiringli yaralarda: iliq holdagi pishirilgan piyozni qoq ikkiga bo‘lib, yaraga bog‘lang. Yoki maydalangan piyozga teng miqdorda sut aralashtirib bog‘lasangiz ham bo‘ladi. Bog‘lov kun davomida ikki marta almashtiriladi.

Qattiq yo‘talda: o‘rtacha kattalikdagi piyozni mayda to‘g‘rab, ikki osh qoshiq shakar bilan aralashtiring. Ikki soat iliq joyda tursin. Keyin suvini bir osh qoshiqdan kuniga to‘rt mahal ichasiz. Agar yo‘tal quruq bo‘lsa, shakar o‘rniga asal solasiz. Piyoz va asalli bo‘tqaning suvini siqmasdan ovqatlanishdan avval bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

Yana o‘qing:  Tomoq og‘rig‘ini bartaraf etish uchun oddiy muolajalar

Tomoq og‘rig‘i (tonzillit)da: mayda qilib to‘g‘ralgan piyozni sirlangan idishga solib, ikki choy qoshiq shakar seping. Uning ustiga bir stakanning choragi miqdorida suv quyib, o‘rtacha olovda o‘n daqiqacha pishiring. Hosil bo‘lgan bo‘tqani kun davomida bir osh qoshiqdan iste’mol qilasiz.

Uy sharoitida biror muolajani qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashishni unutmang!

Gulnoza EGAMBERDIYEVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: