SOG‘LOM MUHIT – INSON SALOMATLIGI OMILI
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 24 yilligi, Ekoharakat tashkil etilganligining 7 yilligi munosabati bilan tadbir va “O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning ijrosi yuzasidan “Yurtimizni obod qilaylik” mavzusida ekologik aksiya o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlari guruhi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zolari ishtirok etdi.
Atrof muhit muhofazasi sohasida xalqaro va xorij tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda o‘zaro hamjihatlikda faoliyat olib borish Ekoharakat faoliyatida ustuvor vazifa sanaladi. Ekoharakat tomonidan transchegaraviy suv resurslaridan xalqaro huquqiy me’yorlariga to‘la mos keladigan xolis va oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha aniq pozitsiya ishlab chiqildi.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” ijrosi yuzasidan ekologik aksiya o‘tkazildi. Ekologik aksiya davomida bog‘ hududida turli chiqindilardan tozalandi, bog‘ mutaxassislari ko‘rsatmalari asosida daraxtlarga ishlov berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun konsert va sportchilarning dasturlari tashkil etildi.
Dildora QARSHIBOYEVA,
“Sog‘lom avlod” muxbiri