SALOMATLIK YO’LIDAGI HAMKORLIK
3-7 avgust kunlari Andijon viloyati bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi va Andijon davlat tibbiyot institutida Koreya Respublikasining “Ewha Womans University” gospitali malakali shifokorlari viloyat aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi jismonan baquvvat, ma’nan yetuk, ruhan tetik farzandlarni tarbiyalashda, onalik va bolalikni muhofaza qilish maqsadida bir qator tadbirlarni o‘tkazmoqda.
Mazkur ko‘rik Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari aholisini qamrab oldi. Shuningdek, 26 nafar xorijiy professorlar tomonidan Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar va magistrlari uchun ortopediya va kardiologiya sohalarida leksiyalar tashkil etildi. Ushbu aksiya davomida Koreyalik talabalar Andijon davlat tibbiyot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishib, tibbiyot sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida o‘zaro fikr almashdilar.
Tibbiy ko‘rik davomida bemorlarga dori-darmon va sanitariya-gigiyena vositalari bepul tarqatiladi.
Abbos ERGASHEV,
“Sog‘lom avlod uchun” fondi matbuot kotibi