YOZ – O‘TMOQDA SOZ

Mamlakatimizda navqiron avlod salomatligini ta’minlash, ularning jismoniy, intellektual va ma’naviy rivojlanishi uchun keng imkoniyat va qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida faol ishtirok etmoqda.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda fond tomonidan tashkil qilingan “Yoz o‘tmoqda soz” aksiyasining alohida o‘rni bor.

24 iyul kuni mazkur aksiya doirasida Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi “Mehribonlik” uylarining tarbiyalanuvchilaridan iborat guruhlar yozgi ta’tilni tabiat qo‘ynida o‘tkazish maqsadida Bo‘stonliq tumanidagi “Konstruktor” oromgohiga jo‘nab ketdi.

Ushbu maskanda bolalarning vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida tashkil etiladigan sport musobaqalari, fan, raqs, rassomlik, mohir qo‘llar to‘garaklari ularning bilimini oshirish va qiziqishi bo‘yicha hunar o‘rganishida keng imkoniyatlar yaratmoqda. O‘g‘il-qizlar uchun uyushtirilayotgan tabiat qo‘yniga sayohatlar davomida ular o‘simlik va hayvonot olami, tabiat hodisalariga oid ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishadi. Bolalar ekologiya, atrof-muhitni asrash lozimligi borasidagi bilimlarini mustahkamlashadi.

Shu bilan bir qatorda muassasaning boy kitob fondiga ega bo‘lgan axborot-resurs markazi ham bolajonlar ixtiyorida.

N.NORBOBOYEV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda yiliga mingdan ziyod murakkab kardioxirurgik amaliyotlar o‘tkaziladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: