ENG FAOL MA’NAVIYAT TARG‘IBOTCHILARI IQTIDORINI NAMOYISH ETDI

Poytaxtimizda “Yilning eng faol ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovda yosh avlod ma’naviyatini boyitishga katta hissa qo‘shayotgan, ilg‘or, tashabbuskor ziyolilar aniqlandi.

Mazkur an’anaviy respublika ko‘rik-tanlovi ta’lim muassasalari direktor o‘rinbosarlari orasidan eng namunalilarini aniqlash, ularning ish tajribasini ommalashtirish, ta’lim sifatini oshirishga qo‘shgan hissasi, ijodiy tashabbuskorligini e’tirof etish, qo‘llab-quvvatlashda ayni muddao bo‘lmoqda.

Ko‘rik-tanlovning mamlakat bosqichi qizg‘in jarayonlarga boy bo‘ldi. Hakamlar hay’ati ishtirokchilar salohiyatini besh shart asosida baholadi. Birinchi shartda ishtirokchilar o‘z faoliyati haqida “Mening g‘oyam” mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Ikkinchi shartda ta’lim-tarbiya jarayonida uchraydigan ayrim muammoli vaziyatlarga samarali yechim izlangan bo‘lsa, uchinchi shartda intellektual salohiyat sinovdan o‘tkazildi. Keyingi shartda mas’­uliyatli kasb egalari o‘zlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini namoyish etishdi. Erkin mavzudagi beshinchi shartda qo‘shiq aytish, musiqa asboblarini chalish, she’r aytish, notiqlik mahoratini namoyish etdi.

Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 107-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shoira Bagirova birinchi, Samarqand tumanidagi 2-umumta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sitora Zafarova ikkinchi, Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 5-umumta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Tilovova uchinchi o‘ringa munosib deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: