BIR G‘ILDIRAKLI MOTOTSIKL
Kanadalik yosh muhandis “Uno” nomli kelajak shahar transportining ko‘rinishlaridan biri bo‘lmish antiqa bir g‘ildirakli mototsikl ixtiro qildi.
Mazkur mototsikl ikki kichik dvigatel bilan jihozlangan. Uning yuqori tezligi soatiga 40 kilometrni tashkil etishi mumkin. “Uno” 55 kilogramm tosh bosadi, akkumulyatorining bir marta to‘liq quvvatlantirilishi esa 2, 5 soat “chopish”ga yetadi.
Nodira RAHIMOVA tayyorladi