XUSHTA’M SALAT
Zarur mahsulotlar: 250 gr. “cherri” navli pomidor (mayda pomidor), qora murch, 50 gr. tozalangan yong‘oq, ko‘katlar, 2 dona bulg‘or qalampiri, 2 osh qoshiqdan soya va o‘simlik yog‘i, 0, 5 choy qoshiqda asal, sirka kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: pomidorlarni ikki bo‘lakka bo‘lib chiqamiz. Bulg‘or qalampirini somoncha shaklida to‘g‘rab pomidorga qo‘shamiz. Tozalangan yong‘oqni blender orqali maydalab to‘g‘ralgan mahsulotlarga aralashtiramiz. Alohida idishda zaytun yog‘i, sirka va asal yordamida maxsus qayla tayyorlanadi, yuqoridagi masalliqlar bilan aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan mahsulotlarga o‘simlik yog‘i va mayda to‘g‘ralgan ko‘katlar qo‘shiladi. Qarabsizki, yozning sarxil sabzavotlaridan tayyorlangan xushta’m salat tayyor. Yoqimli ishtaha!
GULOYIM