ISTIQLOL TARANNUMI

Namanganda “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2009 yil 7 apreldagi “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda navqiron avlod kamoloti yo‘lida barcha sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularning iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilayotgani yuksak samara berayotgani ta’kidlandi.

Tanlovda shahar va tuman bosqichlarida saralangan viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi viloyat bo‘limi tizimidagi muassasalardan ellikdan ziyod xonanda va badiiy jamoalar ishtirok etdi. Ishtirokchilarning Vatan, istiqlol, muhabbat va sadoqatni tarannum etuvchi mumtoz, lirik va estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Badiiy jamoalar o‘rtasida “Tarona” ashula va raqs xalq ansambli, yakkaxon ijro bo‘yicha akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi viloyat bo‘limi xonandasi Shavkat Bekboyev, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi viloyat bo‘limi tizimidan Maftuna Ahrorova va Oyposhsha Ulug‘xo‘jayeva g‘olib deb topildi va tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Mirolim ISAJONOV,

Namangan viloyati

Yana o‘qing:  Imtiyozli tibbiy yordam olish huquqi ro‘yxati 16 pozitsiyagacha kengaytirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: