“TARVUZ NON”GA NIMA DEYSIZ?!
Dunyoda yana bir g‘aroyib yegulik paydo bo‘ldi. Uni tayvandliklar o‘ylab topishdi. U Yaponiyada juda mashhur sun’iy to‘rtburchak tarvuzlarga o‘xshab ketadi. Ushbu ijod namunasini yaratgan Jimme Bakeryning fikriga ko‘ra, u yozda bolajonlarning ishtahasi yo‘qolib, hech nima iste’mol qilgisi kelmay turgan paytda nonni qiziqib yeyishlari uchun o‘ylab topilgan bir yechim.
Non tabiiy mahsulotlardan tayyorlanadi. “Tarvuz”ning po‘stlog‘i uchun ko‘k choydan, eti uchun qulupnay va danagi uchun esa pistako‘mirdan foydalanilgan. Ba’zi retseptlarga ko‘ra, danak sifatida qora mayizni ham qo‘llasa bo‘ladi. U ko‘rinishidan juda qiziqarli va ishtahani ochadi. Biroq, uni ta’tib ko‘rganingizda oddiy nondan aslo farq qilmasligini tushunib yetasiz. Bu g‘aroyib non mahalliy aholi orasida juda-juda mashhur!
Dilnoza ROZIQOVA