“Zavqli” taomi
Kerakli mahsulotlar: 3 dona bulg‘or qalampiri, 500 gr. qiyma, 3 dona pomidor, 200 gr. pishloq, 1 dona piyoz, ta’bga ko‘ra murch, tuz.
Tayyorlanishi: qiymaga murch va qirg‘ichdan chiqarilgan piyozni qo‘shib aralashtiramiz. Bulg‘or qalampirini ko‘ndalang kesib ichiga tayyor qiymadan solamiz. Qiyma ustidan pomidorni doirasimon kesib qo‘yamiz. Qirg‘ichni katta tishida pishloqni chiqarib pomidor ustiga sepib, tayyorlangan masalliqni 20-25 daqiqa gaz pechida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
GULOYIM