Nogironlik nafaqasi tayinlanadimi?

Ikki nafar farzandim bor. Kattasi 4 yosh, kichik o‘g‘lim 2 yoshda. Ikkisi ham tug‘ma lab-tanglay kemtikligi bilan og‘riydi. Ayni paytda ishsizman. Shunga qaramay davlat tomonidan farzandlarimning ikkisiga ham nogironlik nafaqasi tayinlanadimi? Nafaqa olish muddati qancha? Buning uchun kimga murojaat etishim kerak?

Nozigul MUQIMOVA

Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani

Bunday hollarda siz o‘zingiz istiqomat qilayotgan tuman hokimiyatiga murojaat qilishingiz lozim. Bolalaringizning nogironlik darajasini aniqlash maqsadida ular tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan maxsus tekshiruvdan o‘tishadi. Agar ularni jarrohlik yo‘li bilan davolash imkoniyati bo‘lsa, farzandlaringizga nogironlik darajasi berilmaydi va nafaqa puli ajratilmaydi. Aksincha holatda bolalarga Tibbiyot maslahat komissiyasi(TMK) tomonidan maxsus ma’lumotnoma beriladi. Shu ma’lumotnoma bilan pensiya jamg‘armasiga murojaat qilinadi va farzandlaringizga nafaqa puli ajratiladi. Nogironlik nafaqasi bolalar 16 yoshga to‘lguniga qadar berib boriladi.

Iroda MUSTAFOYEVA,

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani 7-sonli davlat notarial idorasi notariusi

Yana o‘qing:  Kichkintoy ruhiyati va unda “katta”larning tutgan o‘rni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: