MAFTUNKOR VA SEHRLI DIYOR MADHI

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Sehrli diyor” mavzusidagi ko‘rgazma ochildi. Mazkur ko‘rgazmada mohir musavvir Isfandiyor Haydarovning asarlari tasviriy san’at ixlosmandlari e’tiboriga havola etildi.

Ijodkorning yurtimiz betakror manzaralarini aks ettirgan asarlari diyorimizning turli go‘shalaridagi muzey va galereyalar bilan birgalikda Avstraliya, Avstriya, AQSH, Vengriya, Germaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Italiya, Isroil, Yangi Zelandiya, Yaponiya va boshqa xorijiy davlatlardagi muzey va shaxsiy to‘plamlarda saqlanmoqda.

“Sehrli diyor” deb nomlangan ushbu badiiy ko‘rgazmada tinch va osuda hayotimizga shukronalar aytish, jonajon Vatanimizdan faxrlanishga, istiqlol ne’matlari, farovon kunlarimizni, so‘lim tabiatini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga, yoshi ulug‘ insonlarning qadriga yetishga chorlovchi ellikdan ortiq tasviriy asar tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  “Zavqli” taomi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: