FAXRIYLAR E’TIROF VA E’TIBORDA
O‘zbekiston milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi tomonidan “Bojxona xizmati faxriylarini qadrlash va qo‘llab-quvvatlash borasida Davlat bojxona qo‘mitasi va Bojxona xizmati faxriylar uyushmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda so‘zga chiqqan uyushma raisi Dehqonboy Kudriddinov bojxona xizmati tizimi faxriylarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy hayotda faol bo‘lishlarini ta’minlash, keksa avlodning boy hayotiy tajribasi bilan yoshlarni tanishtirib borish maqsadida tashkil etilgan uyushma va uning faoliyati haqida to‘xtaldi.
Bojxona tizimida faxriylar hamda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan bojxona xodimlarining oila a’zolariga mehr-muruvvat ko‘rsatish maqsadida Bojxona xizmati faxriylar uyushmasiga 57 million so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, ushbu tadbirda “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar hamda shu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan xayriya jamg‘armalariga ham 104 million so‘mlik xayriya yordami ko‘rsatilgani haqida so‘z yuritildi.
Charos XUSHVAQTOVA,
“Sog‘lom avlod” muxbiri