KARTOSHKALI BO‘REK

Kerakli mahsulotlar: xamir uchun 1 stakan sut, 1 stakan qatiq, 1 choy qoshiq xamirturish, 0, 5 stakan yog‘, 2 dona tuxum, 0, 5 qoshiq shakar, 0, 5 qoshiq tuz, un. Qiymasi uchun 5 dona kartoshka, 1 dona piyoz, 1 qoshiq tomat, ta’bga ko‘ra tuz, murch, qizil qalampir, zira, qovurish uchun yog‘, 0, 5 stakan suv.

Tayyorlanishi: avval kartoshkalarni to‘rt burchak shaklda to‘g‘raymiz. Piyozni maydalab to‘g‘rab, qizigan yog‘da tilla rangga kirguncha qovuramiz. Keyin tomatni solib, biroz qovurib, to‘g‘ralgan kartoshkani solamiz. So‘ngra ta’bga ko‘ra tuz, ziravorlarni solib, yarim stakan suv bilan dimlab qo‘yamiz.

Yumshoq xamir qorib, 10 daqiqadan keyin jo‘vada yoyamiz. Yoyilgan hamirga erigan saryog‘ni surtib, ustidan pishgan kartoshkani yoyib chiqamiz. Xamirni rulet shaklida o‘rab chiqamiz. So‘ngra uni patnis kattaligida qo‘l bilan yoyamiz. Ushbu o‘rama yana 20 daqiqa iliq joyda turishi zarur. Shunda u ko‘pchiydi, ya’ni shishib chiqadi. Tuxum va yog‘ aralashmasini surtib 200 darajalik gaz pechida 50 daqiqa davomida pishirib olamiz. Bo‘rek taom tayyor. Uni likopchalarga solib iftorlik dasturxoniga tortishingiz mumkin.

GULOYIM

Yana o‘qing:  BIR YIGITGA QIRQ HUNAR OZ

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: