SUN’IY QON YARATILDI

Barchaga ma’lumki butun dunyo olimlari donor qonining yetishmaslik muammosi bilan kurashib kelmoqda. Buyuk Britaniya olimlarining aniqlashicha birgina Angliya va Uelsdagi donorlarning oxirgi 10 yil ichida qon topshirish darajasi 40 foizga kamaygan.

Yaqinda donor qoni yetishmasligi bartaraf qilinadi, deb yozadi “Medikforum. “ Buyuk Britaniyaning Cog‘liqni saqlash “Blood” va “Transplant” tashkiloti bergan ma’lumotlarga qaraganda 2017 yildan boshlab bemorlar organizmiga sun’iy qonni quyish ishlari boshlanadi.

Sun’iy qon tarkibi suv, tuz va gemeritrin oqsilidan iborat. Mazkur qon tarkibidagi qizil qon tanachalari laboratoriya usulida yaratiladi.

“Blood” va “Transplant” bosh tashkilotining vrachi Nik Uotkinsning so‘zlariga qaraganda insonlardagi dastlabki klinik kuzatuvlar 2017 yilda boshlanadi. Har qanday vaziyatda ham donor qonidan butunlay voz kechilmaydi. Ayni paytda mutaxassislar donor qoni va sun’iy qonni taqqoslash ishlarini olib borishmoqda.

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Organizmimizni sovuqqa moslashtiramiz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: