Sud hokimiyati va OAVlarining o‘zaro munosabati
Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi tomonidan “Sud hokimiyati va ommaviy axborot vositalarining o‘zaro munosabati: bugungi holati va istiqbollari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida sud hokimiyatining OAV bilan o‘zaro munosabatini yanada yaxshilash va yangi bosqichga ko‘tarish hamda sudlar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritishning o‘ziga xos xususiyatlari muhokama etildi.
Tadbirda sud hokimiyatining ochiqligi – huquqiy demokratik davlatning muhim sharti, sud hokimiyati va ommaviy axborot vositalari munosabatining huquqiy asoslari, sudlar faoliyatida oshkoralikni ta’minlashda OAVning o‘rni, sud-huquq islohotlarini yoritishda jurnalist mahorati kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy sud huzuridagi Tadqiqot markazi, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
T. ORTIQOVA