MALAKALI PEDAGOG – SALOHIYATLI AVLOD POYDEVORI

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash, malaka oshirish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining kasb malakasi va mahoratini muttasil oshirish, ularni zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash, uning takomillashtirilgan tizimini joriy etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni soha rivojiga qaratilayotgan doimiy e’tiborning amaldagi ifodasi bo‘ldi.

Farmonda ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribani keng joriy etish, mutaxassislarning internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalanish, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakasini egallashi va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish borasidagi bilimlarini mustahkamlash zarurligi qayd etilgan.

M. TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod”muxbiri

Yana o‘qing:  Oromgohlar mavsumga shay

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: