DONOLIK VA TASHABBUSKORLIK – YeTAKCHILIK MEZONI

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan ”Donolik va tashabbuskorlik-siyosiy yetakchilik mezoni” ko‘rik tanlovining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Respublika Baynalmilal madaniyat markazi zalida o‘tkazilgan tadbirni O‘zMTDP Toshkent viloyati Kengashi raisi M.Nazarov qisqacha kirish so‘zi bilan ochib, xotin-qizlarni siyosiy maydonga tayyorlashda ushbu tanlovning ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi. Yuksak va malakali bilimga ega bo‘lgan oqila xotin-qizlarimiz xalqimizning ishonchli vakillari sifatida faoliyat olib borishga o‘rgatish huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi salmoqli harakat ekanligini ta’kidladi.

Ko‘rik-tanlovda har bir tumandan bittadan vakil – 16 nafar bo‘lajak siyosatchi xotin-qizlar ishtirok etishdi. Bo‘lajak siyosatchilar ko‘rik-tanlov shartlari bo‘yicha “o‘zini tanishtirish mahorati”, “Ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ma’naviy savodxonlik bellashuvi” yo‘nalishlari va “Partiya dasturiy maqsad va vazifalarini tushuntirish mahorati” mavzulari bo‘yicha bellashdilar.

Ko‘rik tanlov yakuniga ko‘ra 3-o‘rinni Parkent tumani vakili Dilfuza Ashurova egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin Yangiyo‘l tumanidan Nilufar Adilovaga nasib qildi. Zangiota tumanidan ishtirok etgan Ahmedova Dilnoza esa 1-o‘ringa munosib deb topildi. Shuningdek, 13 nafar ishtirokchi qizlar yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

G‘olib va ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

J. SA’DULLAYEV

Yana o‘qing:  Tibbiyot oliygohlaridagi qo‘shimcha kontrakt-to‘lovlari (super kontrakt) ma’lum bo‘ldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: