GRUZIYa KXEMBOLISI
Zarur mahsulotlar: 1 dona lavash hamiri, 200 gr eruvchan pishloq, 2 dona tuxum, 2 osh qoshiq saryog‘, 3 dona sarimsoqpiyoz bo‘lagi, shivit, ta’bga ko‘ra ziravorlar.
Tayyorlanishi: Eruvchan pishloqni uzunasiga somoncha shaklida to‘g‘rang. Sarimsoqpiyoz bo‘lagini maydalab to‘g‘ralgan shivit bilan aralashtiring. Lavash hamirini uzunasiga qo‘yib bo‘yiga 8 sm. eniga 12 sm. shaklida kesing. Kesilgan lavash xamiriga to‘g‘ralgan pishloqni solib ustidan sarimsoqpiyoz va ko‘katni qo‘shing. O‘ralgan qalamchani suyultirilgan tuxumga botirib saryog‘da usti qizarguncha qovurib oling. Bunday qalamchalarni smetanaga botirib iste’mol qilinsa, u yanada xushta’m bo‘ladi.
BEGOYIM