IQTIDORLI YOSHLAR ANJUMANI

Samarqand shahridagi So‘zangaron tibbiyot kollejida Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi tibbiyot kollejlarida tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilarning VI – ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab kollej hayoti bilan tanishdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda bugungi kunda yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan o‘quvchilar unumli foydalanib ulkan yutuqlarga erishayotganliklari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Anjumanda iqtidorli o‘quvchilarning “Mobil telefonlarining inson organizmiga ta’siri”, ”Xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda shifobaxsh o‘simliklar”, “Inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar”, “Gazlangan ichimlik suvining zararli oqibatlari” kabi o‘ndan ortiq ma’ruzalari tinglandi.

O‘quvchilarning ilmiy izlanishlari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.

Islom XUDOYQULOV

Yana o‘qing:  BITIRUVCHINING ISH JOYI TAYIN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: