BOLA HUQUQLARI E’TIBORDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasida “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiya hamda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining Toshkent shahridagi ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Bugungi kunda poytaxtimiz aholisining 31 foizdan ortiqrog‘ini voyaga yetmaganlar tashkil etadi. 287 ta umumta’lim maktabi, 79 ta kasb-hunar kolleji, 41 ta akademik litsey, 441 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, qator ixtisoslashtirilgan ta’lim-tarbiya maskanlarida o‘g‘il-qizlarga puxta bilim berish bilan birga, ularni milliy va umumbashariy fazilatlar sohibi etib voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida Toshkent shahridagi 30 ta bolalar musiqa va san’at maktabida 6 ming 800 nafardan ziyod o‘quvchi san’atning turli yo‘nalishlari bo‘yicha saboq olmoqda. Maktablar qoshidagi sinfdan tashqari sport to‘garaklari, sport maktablaridagi mashg‘ulotlar bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Yig‘ilishda o‘tkazilgan nazorat-tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda bola huquqlarining muhofazasi, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlik profilaktikasiga daxldor bo‘lgan idora va muassasalarning faoliyati, ularning mas’uliyatini yanada kuchaytirishga doir fikr-mulohazalar bildirildi.

Yana o‘qing:  IQTIDORLI YOSHLAR ANJUMANI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: