ENG NAMUNALI MASLAHATCHI

Poytaxtimizning “Turkiston” saroyida “Fuqarolar yig‘inlarining eng namunali diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarning ish faoliyati, keng omma, yoshlar, oilalar, xotin-qizlar bilan ishlashga doir bilim va mahorati, ko‘pchilikka ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, milliy qonunchiligimiz, mamlakatimizdagi islohotlar jarayonini aholi ongiga yetkaza olish qobiliyati atroflicha o‘rganildi. Tanlov jarayonida maslahatchilarning siyosiy, huquqiy bilimlari, turli murakkab hayotiy vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish salohiyatiga ham baho berildi.

Chilonzor tumanidagi “Chilonzor” mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Marhamat Maqsudova ko‘rik-tanlovning Toshkent shahar bosqichida birinchi o‘ringa munosib topilib, mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlovning g‘olib hamda sovrindorlariga diplom va sovg‘alar topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.

Z.MAMATQULOVA

Yana o‘qing:  YIG‘LAYOTGAN BOLA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: