ILK BOR MIYa FALAJIGA ChALINGAN BOLA OPERATSIYa QILINDI

Respublika neyrojarrohlik ilmiy markazida yurtimizda ilk marotaba miya falaji bilan kasallangan bolalar operatsiya qilindi.

O‘zbekistonda har yili 800 tagacha bu kasallikning yangi holati ro‘yxatga olinadi. Bolalarda miya falaji harakatlantiruvchi apparat ishi buzilishi bilan bog‘liq va bemorlar harakatlanishda qiynaladi. Tibbiyot hamisha ularga jarrohlik yo‘li bilan yordam berishga harakat qilgan va bemorlarning harakatlanishlarini sezilarli darajada yaxshilagan. Shunday operatsiyalardan biri hozirgi kunda O‘zbekistonda tatbiq etilayotgan “orqa selektiv rizotomiya”dir.

Bu texnologiyani birinchi bo‘lib Respublika neyrojarrohlik ilmiy markazi mutaxassislari amalda qo‘lladilar. Operatsiyaning mohiyati patologik jarayonda qatnashadigan orqa miyaning sezuvchan tomirlarini olib o‘tishdir. Jarrohlik aralashuvi asab tolalari va to‘qimalari faoliyatini nazorat qilish imkonini beruvchi maxsus tibbiy apparatura nazorati ostida amalga oshiriladi. To‘qqiz yoshli Kamoliddin amaliyot qo‘llangan birinchi bemor bo‘ldi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Shifokorlar miya falaji oqibatida yuzaga kelgan katta miqdordagi anomaliyani bartaraf etib, bolaning yurishini yaxshilashga erishdilar.

V.PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  ERTALAB MODDALAR ALMASHINUVI KUCHAYADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: