BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida poytaxtimizdagi “1-katta Chilonzor” mahallasida qurib bitkazilgan “Bolalar maydonchasi” bolajonlar uchun munosib bayram sovg‘asi bo‘ldi. Turfa rang pufaklar, bayroqcha va gullar bilan bezatilgan maydonchada yozilgan bayram dasturxoni atrofida ota-onalar, qo‘ni-qo‘shnilar jamuljam bo‘lishdi.

– Bolalarga bayram sovg‘asi sifatida mazkur maydonchani qurib bitkazishganini ko‘rib o‘zim ham boladek xursand bo‘ldim, – deydi 20 nafardan ziyod nevara-yu evaraning buvisi Ibodat momo Isayeva. – Shukrki, aholi turmushi farovonligi uchun barcha imkoniyatlar muhayyo qilingan yurtimizda hayotdan zavqlanib yashash uchun sharoitlar yaratilgan. Endi bolalarimizni sayrga uzoq joyga olib borishning hojati yo‘q. Barchasi o‘zimizda mavjud.

Tadbir davomida mahalla ahliga dasturxon yozilib osh tortildi. Bolajonlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

M.XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  KARDIOLOGIYa SOHASIDAGI YUTUQLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: