XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2012/50)

  • 7 dekabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunining yigirma yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishida Prezidentimiz Islom Karimov ma’ruza qildi va 2013 yilni “Obod turmush yili” deb nomladi.
  • 11 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori matbuotda e’lon qilindi.
  • Xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – mamlakatimiz mustaqilligining 21 yilligi arafasida Prezidentimiz Islom Karimovning farmonlariga muvofiq mamlakatimiz taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh fidoyi va tashabbuskor hamyurtlarimiz Vatanimizning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlangan edi. Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 20 yilligi katta shodu xurramlik bilan nishonlanayotgan shu kunlarda mazkur mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
  • O‘zbekiston 2013 yilda biznes uchun dunyodagi eng istiqbolli 20 davlat qatoriga qo‘shilgan Markaziy Osiyodagi yagona davlat bo‘ldi. Bu xabarni xorijiy ommaviy axborot vositalari Buyuk Britaniyaning tavakkalchiliklarni tahlil qilish bilan shug‘ullanadigan Maplecroft konsalting kompaniyasi xulosasiga asoslangan holda e’lon qildi.

O‘zA materiallari asosida tayyorlandi.

Yana o‘qing:  Mushtarak maqsad yo‘lidagi hamkorlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: