SALOMATLIKNING YOSH DO‘STLARI

Yurtimizda yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol voyaga yetkazish uchun olib borilayotgan keng ko‘lamli xayrli ishlar tahsinga loyiq. Bu borada O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Toshkent shahar tashkiloti hamda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ham qator ibratli ishlarni amalga oshirmoqda.

G‘afur G‘ulom nomidagi Madaniyat va istirohat bog‘ida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Salomatlikning yosh do‘stlari” musobaqasi ham bolajonlarni sog‘lom turmush tarziga oshno qilish yo‘lidagi samarali qadamlardan biri bo‘ldi.

Mazkur musobaqa har yili an’anaviy tarzda tuman va shahar miqyosida o‘tkazilib kelinmoqda. Musobaqaning shahar bosqichida ishtirok etgan bolajonlar 7 shart bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Sanitar sumkasini va uning kundaligini tekshirish, jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, shaxsiy va jamoatchilik gigiyenasi, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari va yo‘l-transport harakati hodisasi ro‘y berganda birinchi yordam ko‘rsatish, dorivor o‘simliklar va ularning qo‘llanilishi kabi yo‘nalishlarda bellashgan o‘quvchilar har tomonlama bilimli ekanliklarini namoyon etishdi. Musobaqada poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 191-maktab o‘quvchilari I, Yashnabod tumanidagi 166-maktab o‘quvchilari II hamda Bektemir tumanidagi 290-maktab o‘quvchilari III o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan tayyorlagan devoriy gazetalar tanlovi ham namoyish etildi. Musobaqa so‘ngida g‘oliblarga mutasaddi tashkilotlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mirzoulug‘bek ALIMOV,

Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘linma inspektori, kapitan

Yana o‘qing:  MEHRDAN YARALGAN ASLI BU DUNYO

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: