“KAMALAK JILOSI”: Yangi iqtidorlar kashf etilmoqda

Kamolot yoshlar ijod saroyida “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Kamalak jilosi” bolalar rasmlari respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan bu borada tegishli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda bir qator loyihalar amalga oshirilayotir. “Kamalak jilosi”, “Sayyoramizga tinchlik” mavzuida tashkil etilayotgan tanlovlarda ijodkor yoshlar o‘z mashqlarini ustozlar nazaridan o‘tkazib, tajriba va mahoratini oshirmoqda.

Mazkur tadbir “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Sen yolg‘iz emassan” respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etildi.

Ushbu ko‘rik-tanlovda respublikamizdagi “Mehribonlik” uylarining 1 ming 500 nafar tarbiyalanuvchisi ishtirok etib, viloyat bosqichlarida g‘olib deb topilgan 100 dan ortiq akvarel rasmlar va 80 dan ortiq amaliy san’at asarlari mazkur ko‘rik-tanlovning yakuniy bosqichiga taqdim etildi. Bolalar ijodiy ishlarida milliy an’analarimiz va qadriyatlarimiz, diyorimizning go‘zal tabiatini aks ettirgan.

Ko‘rgazma davomida Toshkent shahrining barcha “Mehribonlik” uylarining iqtidorli tarbiyalanuvchilari o‘rtasida alohida, tezkor rasmlar ko‘rik-tanlovi ham tashkil etilib, rasmlar shu vaqtning o‘zida hay’at a’zolari tomonidan baholandi.

V.PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlarining buzilgan huquqlarini tikladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: