Sport xabarlari (2015-21)

TAEKVONDO

Rossiyaning Chelyabinsk shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi. Musobaqa yakuniga ko‘ra 1 ta oltin, 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi.

Mazkur chempionatda 140 dan ziyod davlatdan eng kuchli taekvondochilar sovrinli o‘rinlar va 2016 yili Braziliyada o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi muhim reyting ochkolari uchun bellashdi.

Nufuzli musobaqaning vazni 87 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan taekvondochilar o‘rtasidagi bahslarida hamyurtimiz Dmitriy Shokin barcha raqiblaridan ustun kelib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Yana bir tajribali sportchimiz Jasur Boyqo‘ziyev kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, Jahon chempionatining 74 kilogrammgacha bo‘lgan taekvondochilar o‘rtasidagi bahslarida Nikita Rafalovich ham kumush medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Umumjamoa hisobida birinchi o‘rin Janubiy Koreya terma jamoasiga nasib qilgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘ringa Eron va Turkiya terma jamoalari munosib deb topildi.

YUNON-RUM KURASHI

Qozog‘istonda tashkil etilgan xalqaro turnirda yurtimiz polvonlari ikkitadan kumush va bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Vazni 71 kilogrammgacha bo‘lgan kurashchilar o‘rtasida Danila Morozov va vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida Besiki Soldadze ikkinchi o‘ringa loyiq topildi. Ikrom Ibrohimov va Mo‘minjon Abdullayev esa o‘z vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritdi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Fotorassom nigohida hayot zavqi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: