SARXIL SABZAVOTDAN AJOYIB TUHFA

Zarur mahsulotlar: 2 dona bodring, 2 dona pomidor, 150 gr. qaynatilgan go‘sht, 1 dona oq piyoz, 1-2 dona sarimsoqpiyoz, 3 dona tuxum, 100 gr. pishloq, mayonez yoki smetana ta’bga ko‘ra shivit, petrushka, tuz, murch.

Tayyorlanishi: Mazkur salatning tayyorlanish jarayoni: bodring va pomidorni somoncha shaklida to‘g‘rab olamiz. Yarim oy shaklida to‘g‘ralgan piyozni qaynoq suvda yuvib, maydalangan sarimsoqpiyozni piyoz bilan aralashtirib idishga solamiz. Qaynatilgan go‘sht va tuxumni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab masalliqlarga qo‘shamiz. Tayyor bo‘lgan masalliqlarga mayonez va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni solib yaxshilab aralashtiramiz. Qarabsizki, quvvatbaxsh, sarxil salat tayyor. Yoqimli ishtaha!

Begoyim

Yana o‘qing:  Turfa xil taomnoma “siri”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: