ONALARGA YAQIN KO‘MAKCHI
Bola salomatligi ota-ona uchun hamma narsadan ham muhimdir. Bolalar kasal vaqtida juda injiq, betoqat bo‘lib qoladilar. Shu omillarni inobatga olgan holda kundan kunga turli tana haroratini o‘lchashga moslangan qurilmalar ixtiro etib kelinmoqda. Bolalarning isitmalagan vaqtida tana haroratini o‘lchaydigan “Pacifi” so‘rg‘ichi ishlab chiqildi.
Mazkur so‘rg‘ich bola haroratini o‘lchab, ma’lumotni onaning smartfoniga Bluetooth tizimi orqali uzatadi. Aqlli so‘rg‘ich smartfon, planshet kabi qurilmalar bilan birga ishlatiladi. Shuningdek, unga kasallik davrida iste’mol qilayotgan dorilar ro‘yxatini kiritish mumkin. Bu bilan so‘rg‘ich dorining bola haroratiga ta’sirini kuzatib boradi.
Maxsus dastur bilan ishlaydigan so‘rg‘ich, onaga dori ichish vaqti yetganini eslatishi hamda oila shifokoriga bola salomatligi haqidagi ma’lumotni jo‘natishi mumkin. So‘rg‘ich yordamida ona bolasining qaysi xonada o‘ynab yurganini yuqorida tilga olingan dastur orqali darrov bilib olishi mumkin. Shuningdek, unda tovush chiqaradigan maxsus moslama o‘rnatilgan bo‘lib, smartfon yordamida yo‘qolib qolgan so‘rg‘ichni topish mumkin.
Sarvar IS’HOQOV