HAVASKOR VELOSPORTCHILAR POYGASI

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlab tashkil etilgan “Kasaba-tur” respublika velomarafonining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 120 nafar havaskor velosportchi ishtirok etdi.

Musobaqaning ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida velosport tobora ommalashib borayotgani ta’kidlandi.

Musobaqada Doniyor Hamroyev, Ulug‘bek Olimjonov, Shuhrat Adhamxonov, Vyacheslav Pyatkov, Viktor Busargin, Fazliddin Shorahmedov, Irina Lukiyenko, Anna Vishnevskaya, Yekaterina Kondakova, Svetlana Isayeva, Galina Chiganova, Nodira Xo‘jamova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

G‘olib va sovrindorlar musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  El taqdirini o‘z taqdiri deb bilganlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: