EKOLOGIK NOUTBUK
So‘nggi paytlarda kashfiyotchilar tomonidan yaratilayotgan ekologik toza, qulay va noodatiy ixtirolar kishilarning hayratiga sabab bo‘lmoqda. Koreyalik dizaynerlar – Xayrim Kim va Sung Bak tomonidan ishlab chiqarilgan g‘aroyib noutbuk fikrimizga misol bo‘la oladi.
Mazkur noutbuk quyosh energiyasi orqali quvvatlantiriladi. Bu energiya esa o‘z navbatida, suvdan olinadi. Noutbukning quvvat olish jarayoni ham noodatiy tarzda amalga oshiriladi. Displey va sensorli klaviaturadan iborat noutbukni ishlatib bo‘lgach, naycha shaklida o‘raladi va suv to‘ldirilgan stakanga solib qo‘yiladi. Naycha o‘z navbatida suvni yutadi va bu orqali noutbuk quvvat oladi. Mazkur qurilma quvvat olish jarayonida u havoga o‘zidan kislorod ajratib chiqaradi.