Vafodor dugona

Zaynab va Fotima qalin dugona. Ular bitta mahallada yashaydi. Bir sinfda tahsil oladi. Ular birga kutubxonaga, istirohat bog‘lariga borishadi. Ahil-inoq ikki dugona hayotini bir-birisiz tasavvur qilolmaydi. Zaynabning otasi tadbirkor, sirasini aytganda toparmon-tutarmon. Fotimaning otasi esa korxonada oddiy ishchi.

Bir kuni Fotima dugonasiga otasining ishi boshqa shaharga o‘tgani, shu bois ular ko‘chib ketayotganini aytdi. Zaynab esa xafa, chunki u aziz dugonasini yo‘qotishni xohlamas edi-da. Zaynab kun bo‘yi xomush yurdi, bu holatni yaqinlari sezib, undan sababini surishtirishdi. Bor gapdan xabar topgan Zaynabning uyidagilari unga dalda berishdi.

Tongda Fotimalarning uyiga pochtachi kelib maktub berib ketdi: “Yaxshi, ilg‘or ishchi ekanligingizdan xabarim bor. Sizning zavodimizda ishlashingizni xohlardim, Sobiq ish joyingizdagi maoshingizdan ikki baravar ko‘p haq to‘laymiz, rozimisiz?”

Ertasi kuni ikki dugona uchrashishdi, Zaynab baxtiyor holda dugonasiga: “Fotima biz bu shaharda qoladigan bo‘ldik, dadam uchun yirik korxonadan munosib ish o‘rni yaratib berildi,” – dedi quvonch bilan.

Dugonasining quvonchli xabaridan sevingan Fotima uyiga kirarkan, dadasiga Zaynabning otasiga yirik korxonadan ish taklif qilishgani, ular endi ko‘chib ketmasligini aytdi. Otasi esa “Qizim, dugonalarni ham bir-biridan ajratib bo‘larkanmi”, deya jilmayib qo‘ydi.

Ziyoda OQILXONOVA,

TDSHI qoshidagi xorijiy tillar akademik litseyi o‘quvchisi

Yana o‘qing:  Shukrona

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: