Bag‘ri obod saylgoh

Poytaxtimizning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida sport musobaqalarini o‘tkazishga mo‘ljallangan “Jangoh” sport arenasi barpo etildi.

Yurtimizning barcha hududlarida sport infratuzilmasi takomillashtirilmoqda, zamonaviy sport inshootlari barpo etilib, ular zarur jihozlar bilan ta’minlanmoqda. Mazkur majmualarida yoshlar o‘z qiziqishlari bo‘yicha sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib, har tomonlama sog‘lom bo‘lib voyaga yetmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 dekabrdagi “2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi tomonidan Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida keng ko‘lamda qurilish, ta’mirlash, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, shahar aholisi va mehmonlarning dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratilmoqda.

Bog‘ hududidagi turli attraksionlar, sport maydonchalari, milliy uslubda qurilgan “Tuproqqo‘rg‘on qal’asi”, “Semurg‘” bolalar tomoshagohi, hayvonot burchagi va boshqa dam olish maskanlari qatoriga “Jangoh” sport arenasi qo‘shilgani bu boradagi ishlarning uzviy davomidir.

V.PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Ibrohim G‘afurovning 80 yillik tavallud ayyomiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: