“MEHMONJON” TOBLAMASI
Kerakli mahsulotlar: 600 gramm yog‘siz go‘sht, 600-700 ml. sut, 100 gr. sariyog‘ va pishloq, 2 bosh piyoz, 300 gr. shampinon qo‘ziqorinlari, 3 osh qoshiq un, 2 dona pomidor, yong‘oq, tuz, murch.
Tayyorlanishi: Go‘shtni o‘rtacha kattalikda to‘g‘rab, toblama qolipiga soling. Tuz, murch seping. Piyozni xalqa shaklida to‘g‘rab, go‘sht bo‘laklarining ustiga qo‘ying. Tovaga saryog‘ni solib, past olovda eriting. Un qo‘shib, aralashtirib turing. So‘ngra sut solib, tuz, murch sepib, maydalangan yong‘oqni qo‘shing. Tayyor sousning uchdan bir qismini go‘sht ustidan quying. Qo‘ziqorinlarni yupqa to‘g‘rab, go‘sht toblamasi ustiga joylab, yana sousdan quying. Pomidorni o‘rtacha kattalikdagi bo‘laklarga bo‘lib, uni ham soling. Keyin qolgan sousni quying. Oxirida qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni sepib, toblamani 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 50 daqiqaga qo‘ying.
Guli NOZ