FAXRIYLAR TAQDIRLANDI

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida bir guruh Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylariga Prezidentimiz nomidan “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medalini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2015 yil 6 martdagi “1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni ushbu yuksak ehtiromning amaldagi yana bir namunasi bo‘ldi. Mazkur farmonda 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, Vatanimiz ozodligi va sha’nu sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar, ma’rifiy-badiiy kechalar o‘tkazish vazifasi belgilangan.

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida bo‘lganidek, Mirzo Ulug‘bek tumanida ham mazkur bayram munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, ta’lim muassasalari va mahallalarda ikki avlod uchrashuvlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Yolg‘iz keksalar, nogironlarga davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirilmoqda. Bu ishlarda “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa jamoat tashkilotlarining hissasi katta bo‘layotir.

Z.MAMATQULOVA

Yana o‘qing:  Bo‘lajak sportchilar davrasida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: