Muzeylar – tarixning tilmochi
Termiz arxeologiya muzeyida muzeylar boshqaruvida o‘quv dasturlarini amalga oshirish masalasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, YUNYeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi, Xalqaro Amir Temur fondi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan muzeylar rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda muzeylar fondini shakllantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda yuksak samaralar berayotir.
Tadbirda muzeylarning huquqiy asoslari, mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash, zamonaviy xizmat ko‘rsatish, bolalarni muzeylarga jalb etishda pedagogik texnologiyalarning o‘rni, virtual muzey istiqbollari kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
S.ALLAYEVA