KELAJAK TIBBIYOTI: “AQLLI” BINTLAR

Har qanday jarohatni davolash uchun uni steril tibbiy bog‘lam bilan boylash va doimiy parvarish lozim. buning uchun shifokor, hamshira va ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Ammo kelajakda mazkur barcha zaruriyatlarni birgina “aqlli” bint yordamida amalga oshirish mumkin.

Garvard universiteti va Massachusets texnologiya instituti olimlari tibbiy yordamni takomillashtirish ustida izlanishlar olib borish jarayonida ushbu “aqlli” bintni yaratish ustida ishlashmoqda. Uning bir qancha imkoniyatlari mavjud:

  1. Jarohatning holatini nazorat qilib borish.

Elektron bint shifokorning ishtirokisiz jarohatning bitishini nazorat qilib boradi. Bintga o‘rnatilgan ko‘plab uzatuv qurilmalari natijasida yaradagi kislorod miqdori uning pH darajasi va tana haroratini kuzatib boradi.

  1. Vaziyatga ko‘ra yordam berish.

Bintning ichki tarafida dorilar joylashgan maxsus kichik konteyner joylashgan. “Aqlli” bint tomonidan berilgan topshiriqqa ko‘ra isitish tizimi ishga tushadi. Isitish natijasida kichik konteynerdagi dori asta-sekinlik bilan jarohat markaziga yetib boradi.

  1. Shifokorga xabar yuborish.

“Aqlli” bint bemorning davolovchi shifokori kompyuteriga xabar jo‘natish xususiyatiga ham ega. Agar biror nojo‘ya holat yuzaga kelgan bo‘lsa, masalan, bakterial infeksiya mavjud bo‘lsa, shifokor birgina tugmachani bosish orqali yaraga antibiotik yuboradi. Antibiotik avvaldan bintdagi maxsus cho‘ntakchada mavjud bo‘lib, faqatgina, lozim bo‘lganda shifokor buyrug‘i bilan yaraga yetib keladi.

Agar tajribalar muvaffaqiyatli o‘tsa, “aqlli” bint ikki yildan so‘ng amaliyotga tatbiq etiladi.

Yana o‘qing:  O‘ZIMIZNING IXTIRO

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: