CHET TILLARINI O‘RGATISH TAKOMILLASHMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi 249-umumta’lim maktabida chet tillarining o‘qitilishi masalalariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi.

Uzluksiz ta’lim tizimi uchun xalqaro talablarga tayangan holda chet tillaridan yangi davlat ta’lim standartlari va boshlang‘ich sinflarda haftasiga ikki soat chet tilini o‘qitishni nazarda tutgan yangi o‘quv rejasi ishlab chiqildi. 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab barcha umumta’lim maktablarining 1-sinflarida chet tili fanini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.

Joriy o‘quv yilida maktablarda 27 ming 342 nafar chet tili o‘qituvchisi faoliyat ko‘rsatmoqda. Qishloq joylardagi ta’lim maskanlari pedagoglarining oylik ish haqlariga 30, boshqa ta’lim maskanlaridagi chet tili o‘qituvchilariga 15 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanmoqda.

O‘tgan davrda chet tillari xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va anjomlari bilan jihozlash dasturi doirasida 6 ming 550 ta boshlang‘ich sinf xonalari jihozlandi. 2015 yilda 5 ming 286 ta boshlang‘ich sinf xonasini jihozlash ko‘zda tutilmoqda. O‘tgan o‘quv yilida 17 ming 222 ta sinf o‘quv adabiyotlari, lug‘at va DVD magnitolalar bilan jihozlandi.

2015 yildan boshlab amaldagi malaka oshirish tizimiga qo‘shimcha ravishda haftada bir martalik uzluksiz malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yildi. Doimiy ishlaydigan mazkur kurslarga bir yilda 20 ming nafar o‘qituvchi qamrab olinadi.

Chet tillari bo‘yicha tayanch maktablarida oliy ta’lim maskanlari, malaka oshirish institutlarining tajribali mutaxassislari, trener o‘qituvchilar ishtirokida “Mahorat maktablari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, umumta’lim maktablari va “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun chet tillari bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Anjuman doirasida ishtirokchilar o‘qituvchilarning malaka oshirishi, chet tillarni 1-2-sinflarda o‘qitilishi bilan birga 3-sinf uchun yaratilgan yangi darslikning tajriba-sinovidan o‘tkazilish jarayoni, ingliz tili bo‘yicha fan to‘garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Yana o‘qing:  Bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli tibbiyot sohasi fidoyilari!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: