MUSTAHKAM IRODA G‘ALABAGA YeTAKLAYDI

Bu yil mamlakatimizda sadoqat va vafo kuychisi shoira Zulfiyaxonimning 100 yillik tavallud ayyomi keng tarzda nishonlandi. An’anaviy tarzda ko‘plab sohalarda o‘z iqtidorlarini namoyon etib kelayotgan iste’dodli qizlarimizdan bir guruhi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Sovrindorlar orasida navoiylik Iroda Jumanovani ko‘rib qoldim. Avval bolalar sporti to‘g‘risida maqola tayyorlash jarayonida ham Iroda haqida, uning iqtidori haqida ko‘p eshitgandim.

Navoiy viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan sportchi qiz “Lochin” sport kompleksida dyuz-do, sambo va kurash turlari bilan shug‘ullanib keladi. Iroda dastavval, viloyat miqyosida dzyu-do bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda bir necha bora g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng, 2012 yil Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab Uchquduq tumanida o‘tkazilgan kurash bo‘yicha respublika turnirida ishtirok etib 1-o‘rinni egalladi. Bu g‘alaba keyingi zafarlarga tamal toshini qo‘ydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

2013 yil Zarafshon shahrida o‘tkazilgan viloyat ochiq birinchiligida 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. 2014 yil kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Qalbida cheksiz orzular bilan mehnat qilishdan, mashg‘ulotlardan to‘xtamagan Iroda shu yili sambo bo‘yicha ham O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni egalladi.

– Har safar maydonga chiqishdan oldin ota-onam, ustozlarim, ortimdan qo‘llab turgan tengdoshlarim va mahalladoshlarimni yodga olaman, – deydi qahramonimiz.

– Ular mening g‘alabamga ishonadi va men bu ishonchni oqlash uchun harakat qilaman. Kelgusida jahon maydonlarida ham mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, bayrog‘imizni yuksaklarga ko‘tarishga harakat qilaman.

O‘z ustida ishlashni kanda qilmaydigan Iroda 2014 yili O‘zbekiston dzyu-do federatsiyasi tomonidan Chirchiq shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib Osiyo chempioni degan yuksak nomga sazovor bo‘ldi. U hozirda sportning dzyu-do turi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zosi.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari sahnada saf tortib turganini ko‘rib ularning barchasi ham bu mukofotga munosib ekanliklariga amin bo‘ldim. Xotin-qizlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatgan mamlakat o‘z kelajagining ham buyuk bo‘lishini ta’minlaydi.

Shoira ShARIPOVA,

Navoiy viloyati

Yana o‘qing:  10-sinf darsliklari yangicha mazmun va ko‘rinishda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: