Birinchi mart
Qarang, ayozning qovog‘i ochilgan hamon,
Binafshayu boychechaklar chopdi qir tomon,
Yaxshilik bir tomon, yoshlik bir tomon,
Axir bugun bahorning tug‘ilgan kuni!
Azim tog‘lar yelkasiga qur tashlar bulut,
Elim, rizqu nasibani shu fasldan kut,
Ey muhabbat, rashkni qo‘ygin, arazni unut,
Axir bugun bahorning tug‘ilgan kuni!
O, yashillik, kelgin, keldingmi nahot,
Endi o‘zing g‘aflat dilim uyqudan uyg‘ot,
Yashna yurak, g‘amlaringni muzliklarga ot,
Axir bugun bahorning tug‘ilgan kuni!
Elga rizq ulashar, tog‘larga chiroy,
Bu kun kashta tikib uxlamaydi oy,
Nozli-nozli uyg‘onmoqda qirda ko‘klamoy,
Birinchi mart – bahorning tug‘ilgan kuni!
Farhod ESHMO‘MINOV