BUVIJONIM O‘GITLARI

Bahorning ilk kunlari. Quyoshning nurlari tanga rohat baxsh etadi. Hovlidagi mevali daraxtlarning gullari atrofida asalarilar aylanib, shira so‘rmoqqa chog‘lanadi. Buvijonim esa ayvonda quyosh nurlariga kiftini tutgancha kashta tikishga kirishadilar. Yoshi saksonga yaqinlashib borayotganiga qaramasdan, ko‘zoynaksiz naqshinkor gullar soladi. Men ulardan “buvijon sizga bu hunar shu yoshingizda qiyinchilik tug‘dirmaydimi?” deb so‘rayman. Buvim esa “qizim bekor o‘tirgim kelmaydi, bo‘sh o‘tirsam kasal bo‘laman, shu sababdan uni ermak qilib tikib o‘tiraman” deya javob beradi.

Buvijonimning tikkan so‘zana, kashtalar, belbog‘ (belqars)lari judayam chiroyli, har bir nabiralariga bittadan sovg‘a qilgan.

Buvijonimning yonida o‘tirib hayot haqidagi o‘gitlarini tinglayman. Farzand tarbiyasida nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida so‘rayman. “Bolani yoshligidan yolg‘on gapirmaslikka, do‘st tanlashda e’tiborli bo‘lishga, iloji boricha atrofdagilarga faqat yaxshilik qilishga o‘rgatish kerak” deydi buvim. Buvam bilan buvim birgalikda to‘rt o‘g‘il va bir qizni yurt koriga yaraydigan, eliga nafi tegadigan insonlar qilib tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Farzandlari haligacha ota-ona maslahatlariga amal qilishadi.

Men ham farzandlarimni tarbiyalashda buvijonimning nasihatlariga amal qilishga qaror qildim. Bejizga Yurtboshimiz bu yilni Keksalarni e’zozlash yili deb nomlamaganiga yana bir bor amin bo‘ldim. Zero, qarisi bor uyning parisi bor, deydi dono xalqimiz.

Charos XUSHVAQTOVA

Yana o‘qing:  Dardni yashirsang...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: