109 MING EVROLIK TIBBIY USKUNA

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyati filiali jarrohlik bo‘limiga eng zamonaviy tibbiy uskuna – laparoskop o‘rnatildi.

– Ushbu zamonaviy uskuna bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshiradi, – deydi filial direktori Yusuf Malikov. – 109 ming yevro qiymatidagi ushbu jihoz bemorlarda ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘ida yuqori sifatli jarrohlik amaliyoti o‘tkazishga mo‘ljallangan. Shuningdek, ayollar ichki xastaliklarini o‘ta aniq darajada davolash imkonini beradi.

O‘t pufagi bilan bog‘liq xastalikka chalingan Gulnoz Bekshoyevada yangi tibbiy uskuna orqali ilk jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

– O‘zimni juda yaxshi his qilmoqdaman, – deydi G.Bekshoyeva. – Shifokorlarning tez va sifatli xizmat ko‘rsatganidan mamnunman. Bunday sifatli tibbiy yordam olishimiz mamlakatimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani samarasidir.

A.NORBOYEV

Yana o‘qing:  Ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: