E’ZOZ VA E’TIROF AYYOMI

“Turkiston” saroyida 27 fevral kuni O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari H.Ortiqboyeva va boshqalar mamlakatimizda ijod ahliga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik adabiyot, san’at, madaniyat va ma’naviyatimizni, ilm-fanni tobora ravnaq toptirish, yangicha fikr va dunyoqarashga ega bo‘lgan avlodni voyaga yetkazish, ijodkorlarni yangidan-yangi marralar sari ruhlantirish imkonini berayotganini ta’kidladi.

Kechada o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlab tasvirga olingan hujjatli film namoyish etildi.

Tantanali kechada O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaning kelini Rioya Olimjonova yurtimizda adabiyot, san’at va madaniyat ahliga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, so‘z san’ati ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan ijodkorlarning adabiy merosini o‘rganish, mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, xotirasini e’zozlash yo‘lidagi betimsol ezgu sa’y-harakatlar, mehr va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Kechada san’at ustalari va ijrochi yoshlarning konsert dasturi namoyish etildi.

B.HALIMOV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Toshkent shahrida ochiq osmon ostidagi muz maydoni ochildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: