YANGI TURDAGI TISH PLOMBASI
O‘zbekistonlik olimlar tomonidan yangi stomatologik plombalash materiali yaratildi. Tarkibning o‘ziga xosligi shundaki, u tish yemirilishining oldini oladi.
Yosh stomatolog Aziza Ro‘ziboyeva tomonidan ishlab chiqilgan ushbu tish plombasi tarkibida minerallar, smola va sulfatlar mavjud. Ular kerakli nisbatda qo‘llanganda nafaqat tishdagi kovakni to‘ldirishi, balki tishdagi kalsiy yemirilishining oldini olishi mumkin. Bundan tashqari, bu tarkibdan yasalgan plombalar odatdagidan ko‘ra ko‘proq saqlanadi. Kashfiyotchining fikricha, material dori vositasi sifatida ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.