TULKICHANING OVI

Bir o‘rmonda mayin yungli tulkicha bo‘lgan ekan. U ota-onasi, ukasi va singlisi bilan yashar ekan. Ota tulki ov qilib ularning qornini to‘yg‘azarkan. Har kuni oila a’zolari jamul-jam bo‘lib o‘ljani tanovvul qilishar ekan.

G‘amxo‘r ota-ona qorda ov qilish qiyinligi uchun qish tadorigini ko‘rib qo‘yishni ham unutishmaskan. Shu bois ham ayozli kunlardan eson-omon o‘tib, bahorni qarshilash oson kecharkan. Ammo bu yilgi qish fasli cho‘zilgani bois g‘amlagan ozuqalari yetmay qolibdi. Ovga faqat ota tulkining o‘zi chiqar, buning natijasida bolalari mustaqil ov qilishni o‘rganishlari anchayin ortga surilib borar edi.

Shunday kunlarning birida mayin yungli tulkicha o‘zi ovga chiqmoqchi bo‘libdi. Avvaliga ota-onasi ruxsat bermabdi. Biroq, bolasining ishtiyoqini so‘ndirmaslik uchun, ota tulki o‘g‘lining ovga borishiga rozi bo‘libdi. Qahraton sovuq kunlarida ov qilish anchayin xatarli bo‘lgani sabab, ota tulki o‘g‘liga sezdirmasdan uning ortidan kuzatib boradigan bo‘libdi. Tulkicha o‘ziga o‘zi “men uyga ovqatsiz qaytmayman” deb so‘z beribdi. U kuni bo‘yi ovqat izlab holdan toyibdi, keyin nima qilishini bilmay ortiga qaytishga majbur bo‘libdi. O‘g‘lining bu holatini ko‘rgan ota tulki, u qaytayotgan so‘qmoq yo‘l bo‘yiga o‘zi tutgan quyonni tashlabdi. Bu omaddan tulkicha cheksiz quvonibdi. Shoshganicha quyonni uyi tomonga sudrab olib ketibdi. Holdan toyib, o‘lja bilan uyiga qaytgan tulkichani oila a’zolari iliq qarshilabdi.

Tulkicha quyon go‘shti tortilgan dasturxon atrofida ukalariga quyonni qanday ovlaganini faxr bilan so‘zlab berar va bu bilan o‘zi ham zavqlanib ketardi.

Tulkichaning otasi esa onasiga ma’noli jilmayib qo‘ydi.

Sevarbek ELBOYEV,

Toshkent shahridagi 118-maktab o'quvchisi

Яна ўқинг:  ONA

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: