KICHKINTOY

Kichkintoy Abdurazzoq hayhotdek to‘rt xonada zerikdi. O‘ynab-o‘ynab ko‘cha eshigini qanday ochib yuborganini o‘zi ham sezmay qoldi. Jajji qo‘lchalari bilan sekin eshikni itarib tashqariga chiqdi. Ko‘p qavatli uy yo‘lagi yorug‘ va havosi yoqimli edi. Eng asosiysi, bu yo‘lak uni shovqin-suron va bolalar qiyqiriqlari yangrayotgan ko‘chaga olib chiqar edi. Bolakayning ko‘zlari quvonchdan porlab ketdi. Ayniqsa, zinalarning ko‘pligi bolakayni yanada quvontirib yubordi.

Bu paytda uning onasi Mohira opa kechki ovqat tayyorlash harakatida edi. Bolam o‘yinchoqlar bilan ovunib, o‘ynab o‘tiribdi, degan xayolda bemalol o‘z ishini qilardi. Lekin har doim oshxonaga kirib, ovqatga endi unnayman deganida oyisining etagiga yopishib oladigan kichkintoy oshxonaga kirmayotgani onasini hayron qoldirdi.

Shu sababdan Mohira opa o‘g‘lidan xabar olgani mehmonxonaga kirdi. Bola yo‘qligini ko‘rib yuragi uvishib “dod” deb yuborgandek bo‘ldi. Bolasi yo‘q! Boshqa xonalarni go‘yoki uchib, aylanib ko‘rib chiqdi. Yo‘q! Sira bunday ahvolga tushmagan edi. Ovozi yo‘q. Birdan ko‘zi qiya ochiq eshikka tushdi. Allaqanday kuch uni o‘sha tomonga chorladi. Yugurib borib, zanjirli eshikni baralla ochdi.

Tashqarida kichkintoy zinaning birinchisiga qadam qo‘yganicha quyuq va uzun kipriklari orasidan onasiga qarab jilmayib turardi. Uning bu ishi o‘ziga yoqqan bo‘lsada, onasining xavotirli nigohini ko‘rib biroz hayiqdi…

Shohsanam SAYDULLAYeVA,

Chilonzor tumanidagi 181-maktabning 9-sinf o‘quvchisi

Яна ўқинг:  ЭНДИ САРАТОННИ ЭРТА АНИҚЛАШ МУМКИН

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: