MEHR VA E’TIBOR – eng yaxshi muolaja

Mamlakatimizda “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!” shiori ostida salomatlik haftaligi o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu haftalikda viloyatdagi tibbiyot muassasalari, ilmiy-tekshirish institutlari, ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarning yetakchi olim va yuqori malakali shifokorlari ishtirok etmoqda.

Tadbirda aholi, ayniqsa, urush va mehnat fronti faxriylari hamda keksalarni to‘liq, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Salomatlik haftaligi doirasida qishloq vrachlik punktlari, markaziy ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinikalar shifokorlari xonadonlarda bo‘lib, jismoniy imkoniyati cheklangan yoshi ulug‘ insonlarga tibbiy yordam ko‘rsatayotir.

I.XUDOYQULOV,

“Sog‘lom avlod”muxbiri

Yana o‘qing:  14 NAFAR BOLA GERMANIYADA DAVOLANADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: