14 NAFAR BOLA GERMANIYADA DAVOLANADI

“Toshkent” xalqaro aeroportidan turli kasalliklarga chalingan bir guruh bolalar bepul davolanish uchun Germaniyaga jo‘nab ketdi.

Mazkur xayriya tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti o‘rtasida 2002 yilda o‘rnatilgan hamkorlik doirasida o‘tkazilmoqda.

Mazkur tashkilotlar hamkorligidagi bunday xayrli sa’y-harakatlar o‘sib kelayotgan yosh avlod salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bolalarning jismoniy, intellektual va ma’naviy rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

– O‘tgan davr mobaynida fondimiz va uning hamkorlari ko‘magida mamlakatimizda lab-tanglay nuqsoni hamda turli tug‘ma ortopedik kasalliklari bor 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar operatsiya qilinib kelinmoqda, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Jumabek Nurov. – O‘nlab bolalar chet elda davolanish uchun Germaniya klinikalariga bosqichma-bosqich jo‘natiladi. Hozirgina xalqaro mutaxassislar va fondimiz xodimlari hamrohligida 14 nafar bola bilan jo‘nab ketyapmiz.

Ta’kidlash joizki, 2002 yildan buyon yurtimizdan og‘ir ortopedik kasalliklarga chalingan, lab-tanglayida nuqsoni bor va kuchli kuyish jarohatini olgan 255 nafar bola Germaniyaning eng yaxshi klinikalarida davolanib qaytdi. Ayni paytda yana 12 nafar bola ushbu mamlakatda davolanmoqda va ular yaqin kunlarda o‘z uyiga qaytib keladi.

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida istiqomat qiluvchi 8 yoshli Asilbek Qo‘chqorovni otasi kuzatib qo‘ydi. Barcha ota-onalar kabi u ham o‘z farzandining to‘liq sog‘ayib ketishiga ishonadi va aksiya tashkilotchilaridan g‘oyat minnatdor.

J.HAYDAROVA

Yana o‘qing:  MAKTAB – MUNAVVAR MANZIL

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: